Qonuniy asos

«Elektron tijoratdagi hujjatda hujjatni imzolagan shaxsning roziligini ifodalaydigan hamda uni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullari (“SMS”, “Face-ID” va boshqalar) ham imzo sifatida tan olinadi.»
— «Elektron tijorat to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-792, 14-modda · lex.uz

Imzo darajalari

DarajaUsulIshonchQachon yetarli
L1SMS OTPO‘rtaKo‘pchilik tijorat shartnomalari
L1+TelegramO‘rtadan yuqori — SIM-swap’ga chidamliYuqori qiymatli bitimlar
L3ERIEng yuqori — qo‘lyozma imzoga teng (O‘RQ-793)Davlat organlari, majburiy hollar

Nima uchun ERI emas

Biz «ERI bilan bir xil kuchga ega» demaymiz. O‘RQ-793 faqat kriptografik ERI’ni qo‘lyozma imzoga tenglashtiradi. Bizning imzomiz — O‘RQ-792 14-moddasi bo‘yicha tan olinadigan elektron tasdiqlash usuli. Ko‘pchilik tijorat shartnomalari uchun bu yetarli, lekin qaysi hujjat uchun ERI yoki notarius majburiy ekanini bilish sizning mas’uliyatingiz.

Ishlaydi

  • Xizmat ko‘rsatish shartnomasi
  • Ijara shartnomasi
  • O‘quv shartnomasi
  • Mehnat shartnomasi, NDA
  • Bajarilgan ish akti
  • Topshirish-qabul dalolatnomasi

Notarius majburiy

  • Ko‘chmas mulkni sotish
  • Meros bilan bog‘liq hujjatlar
  • Notarial tasdiq majburiy bo‘lgan ishonchnomalar
Bepul boshlash